O‘zbekiston Milliy axborot agentligi (O‘zA) «Yil tanlovi 2019» tanlovi g‘oliblarini e’lon qildi. Taqdirlash marosimi juma kuni Toshkentdagi Zarafshon konsert zalida bo‘lib o‘tdi.

Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva «O‘zbekistondagi eng faol davlat arbobi — Yilning eng yaxshi odami» nominatsiyasida g‘olib chiqdi.

Tanlov g‘oliblarini aniqlashda O‘zA ovoz berish uchun ijtimoiy tarmoqlardan foydalandi. So‘ngra nomzodlar jurnalistlar va bloggerlar tomonidan baholandi.

Ko‘p masalalarda ochiqligi va prinsipial pozitsiyasi bilan tanilgan deputat Rasul Kusherbayev «Xalq dardini kun tartibiga qo‘ya olgan deputat» bo‘ldi.

«Eng namunali vazirlik» nominatsiyasida Adliya vazirligi birinchi, Xalq ta’limi vazirligi hamda Iqtisodiyot va sanoat vazirligi ikkinchi, Suv xo‘jaligi vazirligi va Madaniyat vazirligi uchinchi o‘rinni egalladi.

«2019 yilning eng namunali hududi» nominatsiyasida birinchi o‘rin Samarqand viloyati, ikkinchi o‘rin Namangan viloyati va Toshkent, uchinchi o‘rin esa Andijon va Navoiy viloyatlariga nasib qildi.

Davlat xizmatlari agentligi «Eng namunali davlat va jamoat tashkiloti» deb tan olindi, undan keyin — Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamda O‘zbekiston musulmonlari idorasi.

«2019 yilda eng ko‘p o‘zgarish qilgan vazirlik» sifatida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, «Jurnalistlar bilan eng yaxshi munosabat o‘rnatgan matbuot xizmati» — Innovatsion rivojlanish vazirligi e’tirof etildi.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi «Yil kashfiyoti», Energetika vazirligi esa «O‘zbekiston ommaviy axborot vositalarida eng faol qatnashgan vazirlik» bo‘ldi.

World Influencers Congress" I Xalqaro influyenserlar kongressi (tashkilotchi — Turizm qo‘mitasi) «Yilning eng samarali tadbiri» nominatsiyasida g‘olib deb topildi.

«O‘zAning eng yaqin hamkori» — O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi.

«2019 yilda OAV bilan eng faol ishlagan bank tizimi» — «Qishloq qurilish bank», «2019 yilda xalq ishonchini qozongan bank tizimi» — «Agrobank» aksiyadorlik tijorat banki, «2019 yilda aholi turmush darajasini oshirishda xalqqa eng yaqin bo‘lgan madadkor bank» — «Ipoteka-bank» aksiyadorlik tijorat ipoteka banki, «2019 yilning xalqqa eng yaqin bo‘lgan shaffof banki» — «Mikrokreditbank» ATBbo‘ldi.