O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi mamlakatda sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisalari haqida batafsil statistikani nashr qilishni boshladi.

YHXBB matbuot xizmati tomonidan e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, 2020 yilning dastlabki 10 kunida mamlakatda 107ta baxtsiz hodisa ro‘y bergan, ularning 103 tasi haydovchilar va 4 tasi piyodalar tomonidan sodir etilgan. Ushbu baxtsiz hodisalardan jabrlanganlar soni 100 kishini, halok bo‘lganlar soni esa 35 kishini tashkil etdi.

Eng ko‘p YTHlar Toshkent viloyatida — 20 ta, Jizzax, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida — 11 tadan, Toshkentda — 10 ta ro‘yxatga olindi. Surxondaryoda — 9 ta, Andijon viloyatida — 7 ta, Buxoroda, Qashqadaryo va Qoraqalpog‘istonda 6 tadan, Navoiy va Samarqand viloyatlarida — 3 tadan, Sirdaryo va Xorazm viloyatlarida — 2 tadan YTH sodir bo‘lgan.

Dastlabki tahlillar natijalariga ko‘ra, piyodalarning qatnov qismining belgilanmagan joyidan o‘tish vaqtida 35 ta YTH sodir bo‘lgan bo‘lsa, 18 tasi — tezlikni oshirish, 14 tasi — quvib o‘tish va qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketish, 7 tasi — harakatlanish yo‘nalishini o‘zgartirish, 6 tasi — chorrahadan o‘tish qoidalarini buzish va svetofor signallariga rioya etmaslik, 4 tasi — haydovchilarning piyodalar o‘tish joyida yo‘l harakati qoidalariga rioya qilmaslik, 1 tasi — masofani saqlamaslik va 22 tasi boshqa qoidabuzarliklar tufayli sodir bo‘lgan.

IIV YHXBBning «Gazeta.uz»ga ma’lum qilishicha, bunday statistika endilikda muntazam ravishda e’lon qilinadi.

2019 yilda, YHXBB statistik ma’lumotlariga ko‘ra, 8588 yo‘l-transport hodisasi qayd etilgan, ular natijasida 1915 kishi vafot etgan va 6673 kishi jarohatlangan. O‘tgan yili haydovchilarning aybi bilan 7643ta, piyodalar tufayli — 845ta YTH sodir etilgan.