15 yanvar kuni soat 00.10 da 102 raqamiga Bunyodkor ko‘prigida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgani haqida xabar kelib tushdi, deya ma’lum qildi Toshkent IIBB matbuot xizmati.

Nexia rusumli avtomobili haydovchisi 35 yoshli Javlon I. boshqaruvni bajara olmasdan, qarama-qarshi harakat yo‘lagiga chiqib ketgan va 38 yoshli Avaz O. boshqavidagi Lifan rusumli avtomobil bilan to‘qnashgan.

YTH natijasida Nexia avtomobili haydovchisi Javlon I. hamda uning yo‘lovchisi 25 yoshli Roman S. turli og‘irlikdagi tan shikastlari bilan shifoxonaga yetkazildi. Ularga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.