Talimarjon issiqlik elektr stansiyasi (IES)ning elektr energiyasi ishlab chiqarishga mo‘ljallangan qurilmasida nosozlik tufayli ta’mirlash ishlari olib borilmoqda, deb xabar berdi O‘zbekiston Energetika vazirligi matbuot xizmati.

Shu sababli viloyatlarda elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda. Energetika vazirligi matbuot xizmatining «Gazeta.uz»ga xabar berishicha, elektr ta’minotidagi uzilishlar barcha viloyatlar ulangan yagona tarmoqda zo‘riqish vujudga kelgani sababidan sodir bo‘lmoqda.

Muammo bartaraf etilgandan so‘ng elektr ta’minoti yaxshilanadi, deya ishonch bildirgan Energetika vazirligi ushbu noqulaylik uchun uzr so‘radi.