16 yanvar kuni taxminan soat 11:30 larda, Zarbdor tumani Yangihayot mahallasida joylashgan «Gaz manbai» MCHJga qarashli avtomobillarga suyultirilgan gaz (propan) quyish shahobchasida ta’mirlash-payvandlash ishlari olib borilayotganida kelib chiqqan chaqnash oqibatida portlash yuz bergan. Bu haqda O‘zbekiston IIV huzuridagi Tergov departamenti matbuot xizmati xabar qildi.

Natijada mazkur MCHJ ishchilaridan fuqaro 40 yoshli Sh. A. hodisa joyida vafot etgan, 44 yoshli E.I. esa turli tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Hozirda hodisa joyida tergov-tezkor guruhi ishlamoqda, portlashning kelib chiqish sabablari o‘rganilmoqda.

Holat yuzasidan qo‘shimcha ravishda ma’lumot beriladi