14 yanvar kuni soat 10:50 larda Toshkentning Uchtepa tumanida Lutfiy va Farhod ko‘chalari chorrahasida beshta avtomobil — Cobalt, Spark, Nexia va ikkita Matiz (barchasi — Chevrolet) ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deb xabar berdi shahar IIBB matbuot xizmati.Cobalt avtomobilining 37 yoshli haydovchisi svetoforning taqiqlovchi signali qarshisida turgan bir nechta avtomobil bilan to‘qnashuv sodir etgan. Hodisa natijasida Cobalt haydovchisining o‘zi, Matiz haydovchisi va uning yo‘lovchisi, shuningdek ikkinchi Matiz yo‘lovchisi turli darajadagi tan jarohatlari olishgan. Hodisa sabablari aniqlanmoqda.