Sport gimnastikasida bir qator rekordla sohibasi Oksana Chusovitina Tokio olimpiadasidan so‘ng faoliyatini yakunlaydi. Bu haqda u o‘zining feysbukdagi sahifasida ma’lum qildi, deyiladi Olamsport xabarida.

«Qadrli do‘stlar! Yaqinda men o‘zimning sakkizinchi Olimpiadamda ishtirok etish uchun Tokioga boraman. Bu mening ayni paytdagi asosiy maqsadim va unga alohida tayyorgarlik ko‘ryapman. Ushbu Olimpiadada ishtirok etgandan so‘ng sportchilik faoliyatimga nuqta qo‘yaman va o‘z hayotimda yangi sahifa ochaman. Rejalarim katta, mamlakatim O‘zbekiston uchun o‘z hissamni qo‘shmoqchiman. Bu haqida 16 yanvar kuni „Lotte City Hotel Tashkent Palace“ mehmonxonasida, soat 15:00da o‘tkaziladigan matbuot anjumanida ma’lum qilaman. OAV xodimlari va jamoatchilikni ushbu tadbirga taklif etaman», — deb xabar qoldirgan Chusovitina.