14 yanvar kuni ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda yosh bolaning beshinchi qavat derazasidan qanday qilib tushib ketgani aks etgan video tarqaldi.

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, soat 16: 18da Olmazor tuman ichki ishlar organlariga uyda yolg‘iz qolgan 4 yoshli bolaning deraza tashqarisidan osilib qolib, so‘ngra pastga tushib ketgani to‘g‘risida qo‘ng‘iroq kelib tushgan.

Bolani payqab qolgan shu uyda yashovchi bir qancha odamlar bola yiqilishi kerak bo‘lgan joyda adyol tutib kutib turishgan. Yakunda bola to‘g‘ri adyolga tushgan.

Voqea joyiga tez yordam mashinasi 7 daqiqada yetib kelgan, bolagan birinchi yordamni ko‘rsatilgan va kasalxonaga yotqizilgan.

Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, bola og‘ir jarohat olmagan. Bosh miya chayqalishi deb birlamchi tashxis qo‘yilgan. Ahvoli hozir barqaror.