Toshkentda dizayner Nariman Grigoryan o‘ldirib ketildi. Bu haqdagi xabar 14 yanvar kuni Uzbfashion Facebook-sahifasida paydo bo‘ldi. Ushbu ma’lumot «Gazeta.uz»ning huquqni muhofaza qilish organlaridagi manbalari tomonidan ham tasdiqlandi.

Nariman Grigoryan taniqli o‘zbekistonlik dizayner, xalqaro ko‘rgazmalar, tanlovlar va festivallar ishtirokchisi. 2004−2008 yillarda O‘zbekiston Xoreografiya akademiyasida tahsil olgan. U Toshkentdagi Nariman Grigoryan savdo belgisi ostida moda uylariga egalik qilar edi.

Yangilik to‘ldirilmoqda.