Eron rasmiylari Ukraina samolyoti urib tushirilgani to‘g‘risidagi ish bo‘yicha bir necha kishini hibsga oldi. Bu haqda TASS Eron Oliy sudi vakili Golyam Husayn Ismoiliyga tayanib xabar qildi.

«Bu ish bo‘yicha odamlar allaqachon hibsga olingan, ammo biz hozircha tergovning dastlabki bosqichidamiz», — dedi aniqlik kiritdi Ismoiliy. Boshqa batafsil ma’lumotlar mavjud emas.

Eslatib o‘tamiz, 8 yanvar kuni Tehron yaqinida halokatga uchragan Ukraina xalqaro aviakompaniyasining Boeing yo‘lovchi samolyoti Eron harbiylari tomonidan «inson xatosi» sababli tasodifan «qanotli raketa» yordamida urib tushirilgan edi.

Kiyev ochiq tergov o‘tkazishni talab qilmoqda. 19 yanvargacha halok bo‘lganlarning jasadlarining qaytarilishi va tovon puli to‘lanishi kutilmoqda.