Loyiha boshqaruvi milliy agentligi huzuridagi Elekron hukumat loyihalarini boshqarish markazi tomonidan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining (YAIDXP) mobil ilovasi ishlab chiqildi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar qildi.

Ilovada Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar, shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlari, ish haqi, kommunal to‘lovlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shuningdek, soliq to‘lovchining individual raqamini aniqlab olish mumkin.

Markaz mobil ilova orqali olinadigan xizmatlar turini kengaytirishni rejalashtirmoqda. Hozirda u faqat Android uchun mavjud, iOS qurilmalari uchun ishlab chiqish jarayoni davom etmoqda.