Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi dushanba kuni bo‘lib o‘tgan birinchi sessiyasida shahar ma’muriyati rahbari Jahongir Ortiqxo‘jayevni poytaxt hokimi etib tasdiqladi, deya xabar beradi Gazeta.uz muxbiri.

Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi dushanba kuni birinchi sessiyasida poytaxtning amaldagi hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev nomzodini poytaxt ma’muriyati rahbari lavozimiga tasdiqladi. Bu haqda «Gazeta.uz» muxbiri xabar qildi.

Amaldagi hokim nomzodi O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surildi, taqdimnomani bosh vazir Abdulla Aripov o‘qib eshittirdi. Kengashda deputatlari o‘rin olgan barcha partiyalar ushbu nomzodni qo‘llab-quvvatladi.

Jahongir Ortiqxo‘jayev (1975 yilda tug‘ilgan) ilk bor 2018 yil dekabr oyida Toshkent hokimi laozimiga tasdiqlangan edi. Bunga qadar esa u o‘sha yilning aprelidan shahar hokimi vazifasini bajaruvchi bo‘lib faoliyat ko‘rsatgan. Davlat sektoriga kelguniga qadar «Artel injiniring» kompaniyasi direktori va Tashkent City unitar korxonasi rahbari bo‘lgan. Akfa kompaniyalar guruhi asoschisi hisoblanadi. 2018 yil sentyabrida senator etib saylangan.

Poytaxt ma’muriyatining boshlig‘i Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (1996) bitiruvchisi. 2015 yilda «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlangan.