Samarqand viloyatining Nurobod tumanida Samarqand-Qarshi avtomagistralida 10 dan ortiq mashina to‘qnashdi. Hodisa fotosuratlari Zarnews.uz saytining Telegram-kanalida e’lon qilindi.

Nashr o‘nlab mashinalar avariyaga uchragani haqida xabar beradi, ammo ularning soni, voqea vaqti va shuningdek ehtimoliy jabrlanuvchilar soni to‘g‘risida hozircha rasmiy ma’lumot yo‘q. YTH ko‘rish darajasining pastligi va yo‘llarning sirpanchiqligi sababli sodir bo‘lgan.

E’lon qilingan fotosuratlarda asosan turli darajada pachoqlangan yengil avtomobillar va «Gazel» mikroavtobusini ko‘rish mumkin.

Zarnews.uz

O‘z navbatida, O‘zbekiston IIV YHXB haydovchilardan transport vositasini boshqarish paytida, ayniqsa, dovon yo‘llarida harakatlanishda murakkab ob-havo sharoitini hisobga olishlarini, zarurat bo‘lmaganda tunggi vaqtlarda harakatlanmaslikni so‘radi.

Boshqarma, shuningdek, piyodalardan ham e’tiborli bo‘lishni so‘radi. Kattalarga yo‘llarda bolalarning harakatini nazoratga olish tavsiya qilindi.