2023−2030 yillarda O‘zbekiston Yaponiyani umumiy qiymati 1 milliard dollardan ortiq bo‘lgan uran bilan ta’minlaydi. Bu haqda prezidentning 28 dekabrdagi qarorida so‘z boradi.

Navoiy kon-metallurgiya kombinati tomonidan Marubeni kompaniyasi bilan 510,1 million dollarga va Itochu bilan esa 636,4 million dollarga uran yetkazib berish bo‘yicha uzoq muddatli shartnomalar imzolandi.

Yetkazib berish hajmi hujjatda ko‘rsatilmagan.

2017 yil sentyabr oyida O‘zbekiston AQSHga Nukem uran konsentratini yetti yil davomida 300 million dollarga yetkazib berish to‘g‘risida kelishib olgan edi. O‘tgan yanvar oyida esa Hindistonga uran yetkazib berish bo‘yicha uzoq muddatli shartnoma imzolandi.