Tehronning Imom Xomeyni xalqaro aeroporti yaqinida Ukraina yo‘lovchi samolyoti halokatga uchradi, deya xabar beradi Novosti RAA havo bandargohi vakili ma’lumotiga tayanib.

Agentlik suhbatdoshining so‘zlariga ko‘ra, samolyot bortida 167 yo‘lovchi bo‘lgan (yo‘lovchilar soni Eron Aviatsiya vazirligi vakili Ja’far Zade tomonidan tasdiqlangan). Aeroport rahbarining ta’kidlashicha, samolyot parvozdan ko‘p o‘tmay qulab tushgan.

Samolyot bortidagi barcha odamlar vafot etdi, deya xabar bermoqda Reuters Eron televideniyesiga asoslanib.

Eronning Tasnim agentligi Ukraina samolyoti aeroport yaqinida «texnik muammolar» tufayli qulaganini ma’lum qildi. Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa haqidagi ma’lumotni aeroport rahbari tasdiqlagan — u samolyot parvozdan ko‘p o‘tmay qulaganini aytgan. Reyter agentligi xabariga ko‘ra, hodisa Boeing 737 samolyoti bilan sodir bo‘lgan.

Voqea joyiga tez yordam mashinalari yuborilgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoyozuvda o‘zidan olovli «dum» qoldirgan holda pastga qulab yonayotgan joy aks etgan.Guvohlar uning Ukraina layneri ekanini yozishmoqda.

Flight Radar portalining xabar berishicha, PS752 Ukraina reysi Tehrondan 7:42 (Toshkent vaqti bilan) da uchgan va ikki daqiqadan so‘ng — 7:44 da ma’lumot uzatishni to‘xtatgan. Xizmatga ko‘ra, Ukrainaning Boeing 737−800 samolyoti parvozdan ko‘p o‘tmay qulab tushgan.

«PS752 Tehrondan UTC 2.42-da (Moskva vaqti bilan 5.42 da) uchib ketdi. So‘nggi ma’lumotlar soat UTC 2.44 (Moskva vaqti bilan 5.44) da qabul qilindi, dedi Flightradar o‘zining Twitter sahifasida.