5 yanvar kuni soat 06:40 da Navoiy viloyatining Konimex tumanida, Navoiy-Zarafshon magistralining 61-kilometrida Nexia va Navoiy kon-metallurgiya kombinati ishchilarini olib ketayotgan «Isuzu» rusumli avtobus to‘qnashdi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, voqea sodir bo‘lgan paytda ikkala transport vositasida 19 kishi bo‘lgan, ulardan 9 nafari jabrlanmagan.

Baxtsiz hodisa oqibatida haydovchi va Nexia yo‘lovchilaridan biri jarohatlari tufayli vafot etdi. Sog‘liqni saqlash vazirligidan «Gazeta.uz»ga ma’lum qilinishicha, mashinada olti kishi bo‘lgan.

Sakkiz kishi Zafarobod qishlog‘ida joylashgan NKMKning 5-sonli tibbiy bo‘limiga yetkazildi. Sog‘liqni saqlash vazirligi u yerga Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Navoiy filialidan tajribali neyroxirurg va travmatologlarni yubordi.

Jabrlanganlardan birining ahvoli og‘ir, uch kishining ahvoli o‘rtacha og‘irlikda, to‘rt kishining ahvoli esa qoniqarli. Ular shifokorlar nazorati ostida.