Bugun, 6 yanvar kuni Volgabo‘yi hududidan kirgan sovuq va nam havo oqimi sababli O‘zbekiston hududining katta qismida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kuzatiladi, deya xabar qildi O‘zgidromet matbuot xizmati.

7 yanvar kuni faqat Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida nobarqaror ob-havo saqlanib turadi, bu joylarda yomg‘ir, qor yog‘ishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlari bo‘yicha yog‘ingarchilik kuzatilmaydi.

Havo harorati kechasi 2 daraja sovuq — 3 daraja iliqqacha, kunduzi 0−5 daraja iliqqacha pasayadi.

8−9 yanvar kunlari ob-havoning yog‘ingarchiliksiz, kambulutli bo‘lishi kutilmoqda. Antitsiklon chegarasi ta’siri natijasida harorat kechasi manfiy ko‘rsatkichlargacha pasayib 3−5 daraja sovuqni tashkil qiladi.

Kunduzi quyosh havoni ilitib, 9 yanvarga kelib havo harorati 7−12 daraja iliqqacha ko‘tariladi.

10 yanvarda sovuq havo oqimi O‘zbekiston hududidan chekinadi. Tungi harorat 0−2 daraja sovuqqacha ko‘tariladi, kunduzi 7−12 daraja iliq atrofida bo‘ladi.