O‘zbekistonlik UFC jangchisi Mahmud Murodovning navbatdagi raqibi ma’lum. Bu haqda Olamsport nashri xabar berdi.

Mahmud 14 mart kuni Braziliya poytaxtida jang qiladi. O‘sha kuni unga mezbon sportchi Antonio Karlos Junior raqiblik qiladi.

Antonio MMA’da 15 marta jang qilgan, ularning o‘ntasida g‘alaba qozongan, to‘rtta bahsda imkoniyatni boy berib qo‘ygan. Bitta jangi «o‘tkazilmagan» deb topilgan. UFC’dagi oxirgi ikkita jangida ham mag‘lub bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, Antonioga aslida 14 mart kuni Bred Tavares raqib bo‘lishi lozim edi.