Yangi yil kechasi Tashkent City hududida o‘tkazilgan dronlar shousi 2 yanvar kuni 19:30 dan so‘ng Hyatt mehmonxonasi va O‘zbekiston Milliy kutubxonasi yaqinidagi poytaxtning asosiy archasi oldida takroran namoyish etiladi. Bu haqda shou tashkilotchisi Davergeodezkadastr matbuot xizmati «Gazeta.uz»ga xabar qildi.31 dekabr kuni Tashkent City hududida turli rangdagi chiroqlar bilan jihozlangan 250 dona dron 125−150 metr balandlikka havoga ko‘tarilib, turli yozuvlar va shakllarni hosil qilgan edi. Poytaxt aholisi va mehmonlari ushbu yorqin shouni takroran tomosha qilishlari mumkin.

Ushbu dronlar dekabr oyida qo‘mita tomonidan Xitoydan olib kelingan bo‘lib, ularning soni bugungi kunda 300 tani tashkil etadi. Kelgusida ularning sonini 1000 taga yetkazish va O‘zbekistonda ishlab chiqarish ko‘zda tutilmoqda, deyiladi qo‘mita xabarida.

Video