2020 yilning 1 yanvar kuni soat 18:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 1111 nafar chaqaloq tug‘ildi, deya xabar qildi O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

Yangi yilning birinchi kuni tug‘ilgan chaqaloqlarning 572 nafari o‘g‘il bola, 539 nafari esa qiz bola bo‘lib, eng ko‘p bola Samarqand viloyatida (141 nafar) dunyoga keldi.

Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar reytingi bo‘yicha Farg‘ona viloyati (137 nafar) va Qashqadaryo viloyati (134 nafar) kuchli uchlikni yakunlagan. Tug‘ilganlarning 4 nafari esa egizaklarni tashkil qiladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2019 yilning 1 yanvar kuni soat 1900 gacha 1442 nafar chaqaloq dunyoga kelgandi.