O‘zbekiston Mudofaa vazirligi tizimida 2019-yil davomida bir qator islohotlar amalga oshirildi, harbiy xizmatchilar tomonidan xalqaro maydonlarda yuksak natijalar qayd etildi. Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti yil davomida erishilgan eng muhim yutuqlar ketma-ketligini taqdim etdi.


1. Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlarning oliy ta’limgacha muassasalari o‘rtasida ilk bor o‘tkazilgan xalqaro olimpiadada O‘zbekiston “Temurbeklar maktabi” o‘quvchilari xalqaro olimiadada 2-o‘rinni egalladi.


2. Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida muddatli harbiy xizmatni o‘tagan jami 1239 nafar askarga imtiyozli kreditlar ajratildi.


3. Harbiy sohada maxsus tibbiy ko‘rik bosqichlari ikki barobarga qisqaradi.


4. O‘zbekiston Prezidentining qaroriga asosan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Maxsus fakulteti Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti etib qayta tashkil etildi.

5. O‘zbekiston Qurolli Kuchlari Axloqiy-ruhiy ta’minot konsepsiyasi tasdiqlandi.


6. Mudofaa vazirligi qo‘shinlari faoliyatiga zamonaviy ilmiy-texnik va ratsionalizatorlik ishlanmalarini kiritish maqsadida ilk bor TECHNO DISCOVERY-2019 festivali o‘tkaziladi.


7. Mudofaa vazirligi tashabbusi bilan 200 dan ortiq harbiy sozandalar “Yoshlar kuni"ga bag‘ishlab Xalqlar do‘stligi maydonida orkestrlar festivalini o‘tkazdi.


8. O‘zbekiston armiyasining jangovar samardorligi 10−12 foizga, jangovar qudrat qariyb ikki barobarga oshdi.


9. Kattaqo‘rg‘onda O‘zbekiston Mudofaa vazirligi tizimidagi eng katta poligon qurildi.


10. “Xalqaro armiya o‘yinlari — 2019"ning “Tank biatloni” yo‘nalishi bo‘yicha ilk bor ishtirok etgan o‘zbekistonlik harbiy xizmatchilar eng yaxshi natijani qayd etib, g‘alabaga erishdi. Shuningdek, “Forish” poligonida o‘tkazilgan “Harbiy-tibbiy estafeta"da ham hamyurtlarimiz birinchilikni qo‘lga kiritdi.


11. O‘zbekiston Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari “Markaz-2019” xalqaro o‘quv-mashg‘ulotida qatnashdi.


12. O‘zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasida zamonaviy harbiy mojarolarga bag‘ishlangan birinchi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi.

13. O‘zbekiston harbiylari Angliyada o‘tkazilgan xalqaro “Kembriya patruli” tanlovida 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.


14. Rossiya harbiy akademiyasida O‘zbekiston armiyasiga bag‘ishlangan maxsus burchak paydo bo‘ldi.


15. O‘zbekiston Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari AQSH harbiy xizmatchilari (Missisipi, AQSH) o‘rtasida har yili an’anaviy ravishda o‘tkaziladigan “Eng yaxshi jangchi” harbiy tanlovida ishtirok etib, o‘z toifalarida 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.