Toshkentning Samarqand darvoza ko‘chasidagi ijodkor yashagan xonadonda Abdulla Qodiriy uy-muzeyi ochildi, deya xabar qildi O‘zA.

Bu yerda haykaltarosh Bahrom Norboyev ijodiga mansub yozuvchining haykali o‘rnatildi. Unda Abdulla Qodiriyning bir qo‘lida kitob ushlagan holda o‘tirgani tasvirlangan.

Foto: Madaniyat vazirligi.

27 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan ochilish marosimida prezident maslahatchisi, yozuvchi Xayriddin Sultonov, O‘zbekiston Youvchilar uyushmasi raisi, shoir Sirojiddin Sayyid, rassom Alisher mirziayev, Abdulla Qodiriyning evarasi Mahzuna Qodiriy va boshqalar ishtirok etdi.

26 dekabr kuni poytaxtdagi Abdulla Qodiriy nomidagi bog‘da uning nomidagi ijod maktabi va yozuvchi muzeyi ochilgan edi. Boqqa kirish joyida esa adibning haykali o‘rnatildi.

Avvalroq O‘zbekistonning AQSHdagi elchixonasida Abdulla Qodiriyning ingliz tiliga tarjima qilingan «O‘tgan kunlar» romanining taqdimoti bo‘lib o‘tdi, deb xabar qildi «Dunyo» AA. Tarjima amerikalik olim, AQSH harbiy-dengiz akademiyasi Mintaqaviy tadqiqotlar markazining sobiq direktori Mark Riz tomonidan amalga oshirilgan.

Foto: «Dunyo» AA.

Romanni tarjima qilish o‘n besh yildan ko‘proq vaqt davom etdi. Kitobni nashr etish jarayoni O‘zbekistonning AQSHdagi elchixonasi, yurtdoshlarimiz va o‘zbekistonlik mutaxassislarning faol ko‘magi bilan sezilarli darajada tezlashdi. Asarning tarjimasi 2019 yil dekabr oyida sotuvga chiqarildi va kitobxonlar tomonidan iliq kutib olindi. Tarjima sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha «besh yulduzli» reytingga ega.