2020 yil 1 yanvardan boshlab, O‘zbekiston Birlashgan Arab Amirliklari rezidenti maqomini olgan xorijiy davlatlar fuqarolari uchun mamlakatga kelgan kundan boshlab 30 kun muddatga vizasiz rejimni joriy etadi. Bu haqdagi farmon 28 dekabr kuni prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolandi.

BAA rezidentlari viza hujjatlarini taqdim etadilar, ularning amal qilish muddati kamida 90 kun bo‘lishi kerak, deyiladi hujjatda.

Chet el fuqarolari BAA rezidenti maqomini olishlari uchun ular xususiy kompaniyada yoki Amirlikning davlat sektorida ishlashlari, mamlakatda biznes bilan shug‘ullanib yoki ko‘chmas mulk sotib olishlari lozim.

Mart oyida O‘zbekiston BAA fuqarolari uchun 30 kunlik vizasiz rejim joriy etgan edi.