O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28 dekabr kuni Navoiy viloyatiga safarini boshladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qildi.

Prezident viloyatda qurib bitkazilgan yangi sanoat majmuasining ochilish marosimida ishtirok etadi, mavjud korxonalar faoliyati bilan tanishadi.