O‘zbekistonda Yangi yil bayrami qorsiz o‘tadi. Oyning so‘nggi kunlari — 29−31 dekabrda — ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda, deya xabar berdi O‘zgidromet.

Shanbaga qadar juda iliq havo saqlanib qoladi — kunduzi +14…+17, kechasi 8−10 daraja me’yordagidan yuqoriroq bo‘ladi.

Dekabrning so‘nggi kunlarida havo harorati bir oz pasayadi va me’yoriy chegaraga yaqin bo‘ladi — kechasi 0…+5, kunduzi — +5…+10 daraja iliq.

29−31 dekabr kunlari O‘zbekistonning tog‘li hududlaridagina qor yog‘ishi mumkin.

Sinoptiklarning qayd etishicha, 5 yil ichida Yangi yil bayramlarida quruq ob-havo kuzatilmoqda. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra so‘ngi 50 yil ichida Toshkentda 31 dekabr va 1 yanvarda o‘rtacha yog‘ingarchilik har 3−5 yilda 1 marotaba kuzatilgan, lekin ko‘p hollarda yomg‘ir ko‘rinishida bo‘lgan.

«Bu O‘rta Osiyo iqlimining o‘ziga hosligidir. So‘ngi yillarda, dunyo bo‘ylab global isish tendensiyasi kuzatilishi sababli, iliq qishlar soni ko‘paymoqda va shu bilan qishda qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchiliklar kamaymoqda», — deyiladi xabarda.

Yaqin kunlar uchun ob-havo ma’lumotlari