25 dekabr kuni UzAuto Motors kompaniyasi SUV segmentidagi Chevrolet Tahoe, Traverse, Trailblazer va Equinox avtomobillari taqdimotini o‘tkazgan edi.

Kompaniya matbuot xizmatining «Gazeta.uz»ga xabar qilishicha, Trailblazer va Equinox uchun shartnomalarni tuzish 27 dekabrdan barcha UzAuto Motors dilerlik markazlarida boshlanadi.

Tahoe va Traverse modellari kontraktatsiyasi esa faqatgina Nurafshon Autocentre (Toshkent viloyati) avtosalonida mavjud.

Premium sinfiga mansub Tahoe, Traverse, Trailblazer va Equinox avtomobillari to‘liq komplektatsiyasida sotiladi.

«Soddalashtirilgan» konfiguratsiyada avtomobil sotib olishni istaganlar so‘rovni sotuvchiga qoldirishi yoki uni info@uzautomotors.com manziliga yuborishi mumkin. Yetarli miqdordagi arizalarni olgandan keyin kompaniya mijozlarga avtomobillarni yetkazib beradi.

Avtomobillar narxlari (QQSsiz)Equinox: boshlang‘ich narx — 225 652 174 so‘mdan ($23,7 ming), Redline LT komplektatsiya — 303 478 261 so‘m ($31,9 ming);

Trailblazer: boshlang‘ich narx — 264 347 826 so‘mdan ($27,7 ming), LTZ komplektatsiya — 346 086 957 so‘m ($36,3 ming);

Traverse: boshlang‘ich narx — ot 404 173 913 so‘m ($42,4 ming), Premier komplektatsiya: 518 260 870 so‘m ($54,4 ming);

Tahoe: boshlang‘ich narx — 517 391 304 so‘mdan ($54,3 ming), Premier komplektatsiya: 691 304 348 so‘m ($72,6 ming).

Narxlar QQSsiz ko‘rsatilgan (+15%).

Yangi modellar taqdimoti qanday bo‘ldi