Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev 28-dekabr kuni Olmaota yaqinida yo‘lovchi samolyoti qulashi oqibatida halok bo‘lgan yo‘lovchi vafoti munosabati bilan umumxalq motam kuni deb e’lon qildi, deya xabar berdi mamlakat prezidenti matbuot kotibi Facebook orqali.

27-dekabr kuni ertalab soat 7: 22da Bek Air aviakompaniyasining “Olmaota — Nur-Sulton” yo‘nalishi bo‘yicha parvoz qilayotgan Fokker 100 samolyoti uchish paytida balandligini yo‘qotib, aerodrom tashqarisida ikki qavatli bino bilan to‘qnashdi. Bortda 100 kishi bo‘lgan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, fojia natijasida 12 kishi halok bo‘lgan, 49 kishi tan jarohati olgan, hodisa tafsilotlari aniqlanmaguncha ushbu turdagi samolyotlar va Bek Air aviakompaniyasining faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan.

Qozog‘iston rahbari qurbonlarning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya izhor etdi va aybdorlar “qonunga muvofiq qattiq jazoga tortilishiga” va’da berdi.