27 dekabr kuni soat taxminan 8:30 da Qo‘qon shahridagi Movarounnaxr va Istiqlol ko‘chalari kesishmasida Isuzu rusumli avtobus «Gaz 52» rusumli yuk avtomashinasi bilan to‘qnashgan va natijada avtobus yonboshiga ag‘darilgan, deya xabar qildi IIV huzuridagi Tergov departamenti matbuot xizmati.Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra avtobus ichida 20 nafar yo‘lovchilar bo‘lgan, ulardan 10 nafari tibbiy yordam olish uchun murojaat qilgan, qurbonlar yo‘q.

Hodisa sodir bo‘lgan joyda tergov-tezkor guruhi ishlamoqda, yo‘l-transport hodisasi sabablari aniqlanmoqda.

Avvalroq Farg‘ona viloyatida Isuzu avtobusi ishtirokidagi yana bir avariya haqida ma’lum qilingan edi. Oltiariq tumanida Nexia avtomobili yo‘lovchi transporti bilan to‘qnashdi. Yengil mashinaning to‘rt nafar yo‘lovchisi hayotdan ko‘z yumdi.