UzAuto Motors kompaniyasi chorshanba kuni Toshkentda Chevrolet`ning to‘rtta — Tahoe, Traverse, Trailblazer va Equinox modellari taqdimotini o‘tkazdi. Trailblazer savdosi 26 dekabrdanoq boshlanadi, Traverse va Tahoe avtosalonlarga 2020 yil boshidan, Equinox esa mart-apreldan yetkazib beriladi, deya xabar qildi kompaniya matbuot xizmati.

Video

Chevrolet Trailblazer

Chevrolet Trailblazer yo‘ltanlamasi UzAuto ishlab chiqarayotgan eng kuchli avtomobillardan biri.

Dvigatelining hajmi 3,6 litr, 275 ot kuchi hamda to‘liq uzatma avtomobil egasiga o‘zi va oilasini to‘liq himoyalanganlik hissini beradi. Dvigatel 6 pog‘onali avtomat uzatma bilan jihozlangan, bu esa avtomobilning butun dinamikasini his qilish imkonini beradi — soatiga 100 km tezlik olishi 9,1 soniyani tashkil etadi. Aralash sikl uchun yoqilg‘i sarfi 100 km uchun 9,7 litrni tashkil qiladi.

Boshqaruvga qo‘shimcha tarzda audio tizim va kruiz nazorati bilan birga ushbu yo‘ltanlamas qiyaliklardan pastga tushadigan yordamchi tizim, yomg‘ir sezgich, bort kompyuteri, salonga kalitsiz kirish hamda Chevrolet MyLink taklif qiladi.

Trailblazer eng so‘nggi xavfsizlik tizimlari bilan jihozlangan. Oltita xavfsizlik yostig‘i bilan bir qatorda, u kunduzgi chiroqlar, elektronik barqarorlikni boshqarish, shinalar bosimi signallari hamda boshqa ko‘p qulayliklarga ega.

O‘zbekistonda avtomobil sakkiz rangda taqdim etiladi.



Chevrolet Traverse

Yangi Chevrolet Traverse avtomobili 8 nafargacha yo‘lovchiga mo‘ljallangan. Biznes sinfidagi eng keng yukxona, haydash rejimi va to‘liq uzatmaning eng ilg‘or tizimini tanlash funksiyasi, bashang tashqi ko‘rinish va ishlov berilgan salonga ega. 318 ot kuchiga ega Chevrolet Traverse dvigateli murosasiz ishlash imkonini beradi. Avtomobil 7,8 soniyada 100 km / soat tezlikka chiqadi.

Intellektual to‘liq boshqaruv tizimi sirpanchiq yoki qorli yo‘llarda avtomobilni boshqaruvini kuchaytiradi va old uzatmani tanlash qo‘shimcha yoqilg‘i tejashni ta’minlaydi. Bunga qo‘shimcha ravishda, oldingi yoki to‘liq uzatmaga harakat vaqtida ham o‘tish mumkin.

Chevrolet Traverse o‘zgaruvchan elektr boshqaruvi tizimi va besh richagli mustaqil orqa osma bilan jihozlangan. Buning yordamida Traverse sizga yo‘lni yaxshiroq his qilish imkonini beradigan ishonchli boshqaruvni ta’minlaydi.

O‘zbekistonda avtomobil besh xil rangda taqdim etiladi.



Chevrolet Tahoe

Chevrolet Tahoe V8 dvigateli bilan ta’minlangan. Yuqori sifatli materiallar bilan bezatilgan salon, 8 dyuymli sensorli ekran bilan jihozlangan zamonaviy Chevrolet MyLink multimedia tizimi, yangilangan 6,2 litrli V8 EcoTec dvigateli, 426 ot kuchiga ega quvvat — cheksiz imkoniyatlar va texnik mukammallik mujassamligidir.

Avtomobil 8 nafar yo‘lovchini sig‘dira oladi. Ikkinchi va uchinchi qatorlarning o‘rindiqlari yig‘ilganda, bagaj xonasining hajmi 2680 litrgacha yetadi.

Yo‘lning barqarorligi g‘ildirak bazasining uzunligi 2946 mm, yo‘lning yopiqligi — 200 mm bo‘shliq bilan ta’minlanadi.

Dvigatel 6 pog‘onali avtomat uzatma bilan jihozlangan, bu esa avtomobilning butun dinamikasini his qilish imkonini beradi — u 6,8 soniyada 100 km tezlikka yetadi. 100 km uchun 9,7 litr yoqilg‘i sarf qiladi.

Avtomobil uchta rangda taqdim etiladi.


Chevrolet Equinox

Chevrolet Equinox krossoveri, asosan shaharda foydalanish uchun mo‘ljallangan. Chevrolet Equinox egalari avtomobil xavfsizligining zamonaviy imkoniyatlarini, 9 bosqichli avtomat uzatma shahardan tashqarida foydalanishga ham imkon beradi.

Yoqilg‘i idishi hajmi 59 l, 2.0 Turbo dvigatelga ega va iste’moli aralash siklida 8,2 l/100 km tashkil qiladi. Avtomobilning tezlashish vaqti soatiga 7,8 s dan 100 km/s gacha.

Avtomobilning tashqi qismida, salonga kalitsiz kirish, panoramali lyuk, eshik va yukxona bo‘limining elektruzatmasi, svetodiodli orqa va old faralar. Isitiladigan va elektrbukiladigan oynalar.

Klassik holatda yukxona hajmi 670 litrni tashkil etadi va orqa o‘rindiqlar yig‘ilganida haydovchi 1627 litrga teng yukxona sig‘imiga ega bo‘ladi.

O‘zbekistonda avtomobil besh xil rangda taqdim etiladi.