«Yandeks» yanvar oyida O‘zbekistonda tirbandliklarni namoyish etishni boshlaganidan 11 oy o‘tgach, kompaniya yil yakunlarini sarhisob qildi va O‘zbekiston poytaxtidagi tirbandliklar qanday o‘zgarganini aniqladi, deya xabar beradi «Yandeks» matbuot xizmati.

Tirbandlik bo‘yicha o‘rtacha ball avgustdagi 4,5 dan aprelda 5,8 gacha atrofidani tashkil etdi. Avtoulovchilar uchun eng qulay vaqt yoz va eng qiyin oy aprel oyi bo‘ldi. Aprelda ertalabki tirbandlik cho‘qqisiga chiqdi — 7 ball.

Aprel oyidan so‘ng, tirbandliklar avgustgacha, shu jumladan o‘quv yilining boshlanishiga qadar oyma-oy kamayib bordi. Avgust bilan taqqoslaganda, sentyabr oyida tirbandliklar ertalab deyarli bir yarim ball, kechqurun esa deyarli bir balga o‘sdi. Shunday qilib, 4 sentyabr kuni ertalab va kechqurun tirbandlik darajasi 7 ballni tashkil etdi va bu tirbandlik darajasi butun sentyabr davomida saqlanib qoldi.

Oktyabrda shahar bo‘ylab harakatlanish yanada qiyinlashdi — ayniqsa, kechqurungi tig‘iz vaqtlarda tirbandlik 8 balgacha yetdi. Shu bilan birga, ertalabki tig‘iz vaqtlarda kechqurunga qaraganda kamroq bo‘ldi. Kuz davomida uning darajasi o‘rtacha 7 balldan ozroq edi. Ammo istisnolar ham bor edi: masalan, 25 noyabr kuni ertalabki yaxmalak natijasida tirbandlik olti oylik rekordni buzib, 9 ballga yetdi.

Dam olish kunlari Toshkentda yo‘l harakati bilan bog‘liq qiyinchiliklar ish kunlariga qaraganda ancha kam uchraydi. Shu bilan birga, shanba va yakshanba kunlari ertalabki tig‘iz vaqt deyarli ko‘rinmaydi, kechqurun esa saqlanib qoladi. Shunday qilib, noyabr oyida, shanba kunlari kechqurun tirbandlik 7, yakshanba kuni esa 6 balga yetdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistondagi tirbandliklar darajasi «Yandeks.Navigator», «Yandeks.Kartalar», mobil ilova va yandex.uz bosh sahifasida mavjud.