Davlat soliq qo‘mitasi O‘zbekistonda chakana savdo qoidalariga o‘zgartishlar kiritishni taklif qildi. Vazirlar Mahkamasining bu haqdagi qarori loyihasining jamoatchilik muhokamalari 8 yanvarga qadar davom etadi.

Hujjatda tovarlar, mahsulotlarni (xizmatlarni) yer osti yo‘llarida, ko‘priklarda, avtomobil yo‘llarining qatnov qismlarida, avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylarida cotish taqiqlash taklif qilinmoqda. Ushbu qoidani buzganlik uchun ma’muriy yoki jinoiy javobgarlik joriy etilishi mumkin.

Bundan tashqari, tovarlar (mahsulotlar) va xizmatlarni bozorga kirish va chiqish yo‘laklarida, bozor hududidagi avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylarida sotishni ham taqiqlash rejalashtirilmoqda.

Taklif etilayotgan choralar bozorlar hamda ularga tutash hududlarda jamoat tartibini saqlash va xavfsizligini ta’minlash samaradorligini oshirish, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda qonuniylik tamoyiliga rioya etilishini kuchaytirishga qaratilgan.