Toshkent metrosining Yunusobod yo‘nalishi ikkinchi bosqichi «loyihani amalga oshirish jadvali bo‘yicha, qurilish me’yorlari va texnik talablarga muvofiq» foydalanishga topshiriladi", — deya xabar qildi «O‘zbekiston temir yo‘llari"kompaniyasi.

Xabarda qayd etilishicha, bu bir qator ommaviy axborot vositalarida xabar qilinganidek joriy yilning 28 dekabrda amalga oshirilmaydi.

Kompaniya ob’ektda qurilish texnikalari sonining oshirilishini kuchli yog‘ingarchiliklar boshlanmasidan avval quruq kunlarda ishlarni tashkil etishga qaratilgani bilan bog‘ladi.

Metroning Yunusobod yo‘nalishi qurilishini 28 dekabrga qadar yakuniga yetkazish belgilangani to‘g‘risida, jumladan, «Gazeta.uz» ham yaqinda qurilish uchastkasida tuproq o‘pirilishi to‘g‘risidagi xabarlarda yozib o‘tgan edi. Biroq bu sana jurnalistlar tomonidan o‘ylab topilmagan.

Kompaniyaning o‘zi ushbu loyihani shu yil bahorida yakunlash niyatida ekanligini e’lon qilgan edi. Fevral oyida O‘zbekiston prezidentining matbuot xizmati ham: «Uzunligi 2,9 km bo‘lgan liniya 2019 yilda foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan», — deb xabar bergan edi.

«O‘zbekiston temir yo‘llari» veb-saytidagi yuqoridagi havolada prezidentning 2016 yil 29 noyabrdagi PQ-2664-sonli qaroriga muvofiq, 2019 yil oxiriga qadar Sergeli metrosining foydalanishga topshirilishi haqida so‘z boradi. Biroq, oktyabr oyida kompaniya vakili yo‘nalish kelgusi yilning 21 martiga qadar foydalanishga topshirilishini ma’lum qildi.

Yunusobod yo‘nalishi qurilishidagi fojiadan so‘ng, bayramlar arafasida yirik ob’ektlarni foydalanishga topshirish an’anasidan voz kechishga chaqiriqlar yangradi.

«Bayramlar oldidan yangi ob’ektlarni ochish an’anaga aylangan. Ammo buni ob’ekt to‘liq tayyor bo‘lgandagina qilish kerak», — dedi «Milliy tiklanish» partiyasi vakili Nodirjon Muxtorov avariyadan bir kun keyin, 19 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan saylovoldi munozarasida.

«Xalqimiz yirik ob’ektlarni bayramlar arafasida foydalanishga topshirishdan norozi. Partiyamiz bunday amaliyotga qarshi», — dedi O‘zLiDeP partiyasining vakili Nuriddin Murodov o‘shanda.

«Yirik qurilishlarni bayramlar arafasida yakuniga yetkazish odatiga nuqta qo‘yish vaqti keldi. Shuni unutmaylikki, oxir-oqibat qurilishning sifati muhim ahamiyatga ega», — dedi O‘zLiDeP partiyasining rahbari Aktam Xaitov 20 dekabr kuni.