«Jizzax viloyatida zamonaviy agrologistika kompleksini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi hukumat qarori 2019 yilning 23 dekabrida qabul qilindi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali orqali xabar berildi.

Qarorga muvofiq, Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida zamonaviy agrologistika kompleksini barpo etish maqsadida MCHJ shaklidagi «BMB-NRC Agrologistics» O‘zbekiston-Rossiya qo‘shma korxonasi tashkil etildi.

2023 yil 1 yanvarga qadar:

O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan va agrologistika kompleksi tomonidan olib kelinadigan (tasdiqlangan ro‘yxat bo‘yicha) xomashyo, uskuna, maxsus transport vositalari va texnika uchun bojxona to‘lovlari (QQS va bojxona yig‘imidan tashqari) to‘lashdan;

agrologistika kompleksiga chet eldan jalb qilinadigan mutaxassislar — jismoniy shaxslardan olinadigan foyda solig‘i to‘lashdan ozod etildi.

Qaror bilan, shuningdek, «Jizzax viloyatida zamonaviy agrologistika kompleksini tashkil etish» loyihasini amalga oshirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi» tasdiqlandi.