O‘zbekistonlik aralash qoidalar jangchisi Mahmud Murodov UFC reytingida TOP-15 ga kirgan sportchiga qarshi jang qilishi mumkin. Bu haqda u o‘zining instagramdagi sahifasida yozib qoldirdi.

«Navbatdagi jangimga tayyorgarlikni boshladim. Eng avvalo, qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun barchangizga minnatdorchilik bildirmoqchiman. 2020 yilda Xudo xohlasa bizni katta ishlar kutib turibdi.

Navbatdagi jang yuzasidan muzokaralarni olib bormoqdamiz. Nasib qilsa, yaqin kunlarda jang sanasi va raqib nomini ma’lum qilamiz. Reytingda kuchli 15 likka kirgan sportchining shartnomaga imzo chekishini kutyapmiz", — deb xabar qoldirgan Murodov.