2019 yil 20 dekabr kuni soat 01:30 larda Mirzo Ulug‘bek tumani, Shahriobod ko‘chasida fuqaro V.K. (1978 y.t., sudlangan) birga yashab kelayotgan ayol M.K. bilan spirtli ichimlik iste’mol qilib, o‘zaro janjallashib, jahl qilgan holda ayolni voyaga yetmagan farzandini uyning 4-qavatidan yerga tashlab yuborgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Oqibatda 2015 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan qiz vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan 23.12.2019 yilda Mirzo Ulug‘bek tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi «v» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

V.K. protsessual tartibda ushlangan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.