Yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan saylovlarning dastlabki natijalariga ko‘ra, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasida ko‘pchilik o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomov 23 dekabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qilganidek, parlamentning quyi palatasidagi o‘rinlar quyidagicha taqsimlandi:

  • O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi (O‘zLiDeP) — 43
  • O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi — 35
  • O‘zbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi — 21
  • O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi — 18
  • Ekologik partiya — 11

Parlament quyi palatasiga deputatlar 150 ta saylov okrugidan 128 tasida saylandi.

Xabar to‘ldirilmoqda.