22 dekabrga o‘tar kechasi Olma Ota-Toshkent-Termiz trassasida ko‘rish darajasi nolga teng bo‘lgani sabibli avtobus va bir qancha yengil mashinalardan jami 80 kishi evakuatsiya qilindi, deb xabar berdi Tengrinews.kz «Kazavtojol» matbuot xizmatiga tayangan holda.

«Avtomobillar 593−632- kilometrda to‘planib qoldi. Yo‘lovchilar bo‘lgan avtobusning yo‘ldan chiqib ketgani ham qayd etildi. Jabrlanganlar va halok bo‘lganlar yo‘q. Haydovchi juda sekin harakatlangani bois fojianing oldi olindi», — deya ta’kidladi kompaniya.

Avtobusning 36 nafar, yengil avtomobillarning 44 nafar yo‘lovchilari eng yaqin masofadagi Turkiston viloyatining Shakpak bobo qishlog‘iga evakuatsiya qilindi.

23 dekabr, dushanba kuni Olma Ota-Toshkent-Termiz avtomagistralidagi holat yaxshilangani sababli transport harakatiga qo‘yilgan cheklovlar olib tashlandi.