O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev oila a’zolari bilan birgalikda Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 162-saylov uchastkasiga tashrif buyurib, ovoz berishda ishtirok etdi, deya xabar qildi davlat rahbari matbuot xizmati.

Davlat rahbari saylov uchastkasiga kelgan odamlar bilan suhbatlashdi, birgalikda suratlarga tushdi. Birinchi marta ovoz bergan yoshlar, ota-onasi bilan kelgan bolalarning o‘qishlariga rivoj tiladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev chet ellik kuzatuvchilar va OAV vakillari bilan ham suhbatlashdi.

Foto