Qamchiq dovoni hududida noqulay ob-havo sharoiti kuzatilayotgani hamda qor ko‘chishi xavfi mavjudligi bois O‘zbekiston Transport vazirligi tomonidan Farg‘ona vodiysiga buyurtma avtobus katnovi yo‘lga qo‘yildi, deya xabar qildi vazirlik matbuot xizmati.

Mazkur yo‘nalishda «Uzautotrans service» korxonasi Yutong avtobuslarida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi.

Toshkentdan yo‘lga chiqqan avtobus Andijon, Farg‘ona va Marg‘ilon shaharlari bo‘ylab harakatlanadi. Avtobus Qo‘yliq dehqon bozori yaqinidan (vodiy pitak) yo‘lga chiqadi.

Vazirlik avtobus Tojikiston hududi orqali tranzit harakatlanishi sababli yo‘lovchilar o‘z shaxsiy pasportlari bilan avtobusga chiqishlari lozimligini ma’lum qildi.