«O‘zbekneftgaz» kompaniyasi tarkibidagi «O‘zLITIneftgaz» loyiha kompaniyasi hamda Janubiy Koreyaning Daesan NDE va Samyoung Material Inspection Technology kompaniyalari O‘zbekiston neft-gaz sohasida qvurlardagi nuqsonlarni aniqlashga imkon beruvchi nazorat laboratoriyasi tashkil etildi, deya xabar qildi «O‘zbekneftgaz» matbuot xizmati.

«O‘zbekneftgaz» ma’lumotlariga ko‘ra, respublikada yagona bo‘lgan mazkur tajribaxonani tashkil qilishdan maqsad — neft va gaz tarmog‘idagi quvurlarni putur yetkazmasdan nazorat qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarning yuqori sifatini ta’minlash va yangi texnologiyalarni joriy etishdan iborat.

Shuningdek, laboratoriyada texnologik tizimlardan foydalanish jarayonini samarali nazorat qilish va izdan chiqish holatlarining oldini olishga qaratilgan oxirgi ishlanmalar bo‘yicha o‘zbek mutaxassislariga saboq beriladi.