FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi ma’lumotlariga ko‘ra, 20 dekabr kuni Toshkent vaqti bilan 16:39 da Afg‘onistondagi Hindikush tog‘larida yer osti silkinishlari sodir bo‘ldi.

Epitsentr koordinatalari — 36,64 daraja shimoliy kenglik, 70,41 daraja sharqiy uzunlik.

Zilzila o‘chog‘ida magnituda 6,5 ni tashkil etdi, chuqurlik — 190 km. Yer silkinishlari O‘zbekistonning qariyb barcha viloyatlarida sezildi.

O‘zbekiston shaharlarida zilzila kuchi va epitsentrdan uzoqlik:

  • Toshkent (524 km) — 3 ball;
  • Namangan (498 km) — 3 ball;
  • Andijon (492 km) — 3 ball;
  • Farg‘ona (434 km) — 3 ball;
  • Guliston (449 km) — 3 ball;
  • Jizzax (444 km) — 3 ball;
  • Samarqand (448 km) — 3 ball;
  • Buxara (624 km) — 3 ball;
  • Termiz (281 km) — 4 ball;
  • Qarshi (472 km) — 3 ball;
  • Navoiy (579 km) — 3 ball;
  • Urganch (1000 km) — 2 ball;
  • Nukus (1124 km) — 2 ball.