O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20 dekabr kuni Sankt-Peterburgda (Rossiya) bo‘lib o‘tadigan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlar rahbarlarining an’anaviy norasmiy uchrashuvida ishtirok etadi.

Davlat rahbari matbuot xizmatining xabar qilishicha, tuzilmaga a’zo davlatlar yetakchilari MDH doirasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikning holati va uni rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashishi kutilmoqda.

Hamdo‘stlikning oktyabr oyida o‘tgan Ashxobod sammitida qabul qilingan qarorga muvofiq, 2020 yilning 1 yanvaridan MDHda O‘zbekiston Respublikasi raislik qiladi.