17 dekabr kuni taxminan 18:00 da poytaxtning Sirg‘ali tumanida Birodarlik va Qo‘rg‘ontepa ko‘chalari chorrahasida 47-yo‘nalishda qatnovchi Mercedes-Benz avtobusi Nexia-3 avtomobili bilan to‘qnashdi.

Toshkent IIBB matbuot xizmatining xabar qilishicha, YTHga Nexia avtomobilining 23 yoshli haydovchisi asosiy yo‘ldan harakatlanib kelayotgan 28 yoshli R. K. boshqaruvidagi avtobusni o‘tkazib yubormagani sabab bo‘lgan.

Avtobus zarbasi haydovchi o‘rindig‘iga to‘g‘ri kelgan. YTH natijasida Nexia haydovchisi va uning 19 yoshli yo‘lovchisi X. S. tan jarohatlari olib, shifoxonaga yotqizildi.