O‘zbekiston FVV chorshanba kuni Toshkentda metro qurilishida tuproq o‘pirilishida halok bo‘lgan barcha olti fuqaroning ism-shariflarini e’lon qildi. Oltinchi quruvchining jasadi payshanba kuni ertalab topildi, deya xabar qildi «Gazeta.uz»ning hukumat va huquqni muhfaza qilish organlaridagi axborot manbalari.

1.1989 yilda tug‘ilgan, Qashqadaryo viloyati, Shaxrisabz tumani, Beshkapa qishlog‘ida istiqomat qilgan fuqaro Abdullayev Oybek To‘ra o‘g‘li;

2.1989 yilda tug‘ilgan, Qashqadaryo viloyati, Shaxrisabz tumani, Beshkapa qishlog‘ida istiqomat qilgan fuqaro Ravshanov Jonibek Islom o‘g‘li;

3.1999 yilda tug‘ilgan, Qashqadaryo viloyati, Shaxrisabz tumani, Beshkapa qishlog‘ida istiqomat qilgan fuqaro Abdullayev Davronbek Botirovich;

4.1986 yilda tug‘ilgan, Qashqadaryo viloyati, Yakkabog‘ tumanida istiqomat qilgan fuqaro Diyorov Anvar Normurodovich;

5.1996 yilda tug‘ilgan, Samarqand viloyati, Oqdaryo tumani, Farmonobod qishlog‘ida istiqomat qilgan fuqaro Raxmatov Ixtiyor Amriddin o‘g‘li.

6.1981 yilda tug‘ilgan, Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida istiqomat qilgan fuqaro Karimov Zarif To‘lqinovich.

Hukumat komissiyasi topshirig‘i bilan har bir vafot etgan ishchining oilasiga 100 mln so‘mdan ajratildi. Bundan tashqari, janoza va dafn marosimlarini tashkil etish bo‘yicha har tomonlama yordam ko‘rsatish topshirildi, deya xabar qildi «O‘zbekiston temir yo‘llari» kompaniyasi.