O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Nagoya universitetiga tashrifidan so‘ng Nagoya shahrida yashab, ta’lim olayotgan va fan bilan shug‘ullanayotgan vatandoshlar bilan uchrashdi, deya xabar qildi davlat rahbari matbuot xizmati.Nagoya universiteti — dunyodagi eng ommabop ilmiy va ta’limiy muassasa bo‘lib, qit’adagi eng yaxshi o‘nta OTM ro‘yxatidan o‘rin olgan.

Bugun universitetda 16 ming nafar talaba tahsil olmoqda. Ularning 2600 nafari chet ellik, 30 nafari — o‘zbekistonlik talabalardir.

Joriy yilda ushbu OTMda O‘zbekistondan 400 nafardan ziyod talaba va tadqiqotchilar tahsil oldi.