O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abening taklifiga binoan 17 dekabr kuni rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Prezident dastlab Yaponiyaning yirik sanoat va ilm-fan markazi — Nagoya shahrida bo‘ladi. Tokio shahrida Yaponiya imperatori, bosh vaziri, parlamenti va hukumati rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkaziladi.