Kurash bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Gulnor Sulaymonova 4 yilga sportdan chetlatildi. Bu haqda Olamsport xabar berdi.

Sportchining Janubiy Koreyada o‘tkazilgan jahon chempionati vaqtida topshirgan tahlilidan taqiqlangan metabolit moddasi topilgan.

Eslatib o‘tamiz, Gulnor Sulaymonova 2018 yilgi Osiyo o‘yinlarida oltin medal sohibasiga aylangandi. O‘zbekiston kurash assotsiatsiyasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, ushbu jazoning o‘tgan yilgi muvaffaqiyatga aloqasi yo‘q.

Sulaymonovadan tashqari shuningdek -60 kg vaznli kurashchi Abror Jabborov ham doping sabab 2 yilga diskvalifikatsiya qilindi.

Sportchilarning Janubiy Koreyadagi jahon chempionatida qayd etgan natijalari bekor qilindi