Mohir Valiyev «Toshshahartransxizmat» boshqaruvi raisi lavozimidan ozod etildi, deya xabar berdi shahar mahmuriyati matbuot xizmati. Bu haqdagi qaror 16 dekabr kuni Toshkent hokimi tomonidan imzolandi.

Xuddi shu qaror bilan ushbu lavozimga tayinlov bo‘lguniga qadar, uning vazifasini bajarish Toshkent transport boshqarmasi boshlig‘i Anvar Jo‘rayevga yuklatildi.

Mohir Valiyev «Toshshahartransxizmat» kompaniyasiga o‘tgan yili rahbar etib tayinlangan edi.