13 dekabr kuni taxminan 9:30 da Qozog‘istonning Karaganda viloyati hududidan o‘tgan «Karaganda-Balxash» avtoyo‘lida avtomobillar yuzma-yuz to‘qnashuvi natijasida O‘zbekiston fuqarosi I. Yu. halok bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati mamlakatning Qozog‘istondagi elchixonasi ma’lumotiga tayanib xabar qildi.

Yana uch kishi — A. Yu., V. K. va X. A. — turli darajada tan jarohatlari olib shifoxonaga yotqizildi. Ularning barchasi Qozog‘iston hududiga Rossiyadan kelgan.

Mazkur holat yuzasidan Karaganda viloyati politsiyasi tergov harakatalarini olib bormoqda. O‘zbekiston elchixonasining konsullik bo‘limi Karaganda viloyat tergov organlari va tibbiyot muassasalari bilan aloqada bo‘lib turibdi.