Dushanba, 16 dekabr kuni soat 12:00 atrofida Andijon tumani Jahonobod mahallasida «Shodlik inonch servis» avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchasida Naxia-2 avtomobili gaz balloni portladi.

O‘zbekiston IIV Tergov departamenti matbuot xizmatining xabar qilishicha, portlash natijasida avtomobil haydovchisi X. K. jarohat oldi.

Hodisa joyida tergov-tezkor guruhi portlash sabablarini o‘rganmoqda. Tekshiruv natijalari to‘g‘risida qo‘shimcha axborot beriladi, deyiladi xabarda.